Biznesingiz raqamli transformatsiyasi
Cravetech O‘zbekistonda IT sohasini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida tashkil etilgan. Biz IT bo‘yicha barcha turdagi kompleks xizmatlarni taqdim etamiz.
Bizning
Hamkorlarimiz


CraveTech - biznesingizni raqamli transformatsiya qilishda ishonchli hamkoringiz
Biz O‘zbekistonlik mutaxassislar jamoasimiz, butun Markaziy Osiyo bo‘ylab faoliyat yuritamiz. Bizning ixtisoslashuvimiz – biznesning kompleks raqamlashtirilishi, dasturiy ta’minotni noldan ishlab chiqishdan axborot tizimlarini joriy etish va jarayonlarni avtomatlashtirishgacha. Jamoamiz a’zolari tomonidan ko‘plab muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshirildi, ulardan 25 dan ortig‘i energetika va bank sohalaridagi muvaffaqiyatli loyihalardir.
Nega bizni tanlashadi?
Kompleks IT yechimlar
Bajarilgan loyihalar portfoliоsi
Garovli sug’urta mahsulotlarini API orqali avtomatlashtirish
Loyiha muddati: 2 oy
- API integratsiyasi: Bank va Inson sug’urta kompaniyasi o’rtasida sug’urta operatsiyalari bo’yicha ikki tomonlama ma’lumot almashinuvi
Qo’llab-quvvatlanadigan 3 ta sug’urta turi:
- Garovga qo‘yilgan mulkni sug‘urtalash (bir yoki bir nechta garovdorlar uchun)
- Garovga qo‘yilgan maxsus texnikalarni sug‘urtalash (bir yoki bir nechta garovdorlar uchun)
- Garovga qo‘yilgan transport vositalarini sug‘urtalash (bir yoki bir nechta garovdorlar uchun)
Asosiy funksiyalar:
- Sug’urta shartlari va parametrlarini tekshirish
- Sug’urta mukofotini hisoblash va polislarni ro’yxatga olish
- Bir shartnoma asosida bir nechta garovdorlarni qo’llab-quvvatlash
To‘lov tizimi bilan ulanish:
- Polis to’lovlarini tasdiqlash va nazorat qilish
- Bank va sug’urta tizimi o’rtasida to’lov ma’lumotlarini xavfsiz uzatish
Istiqbolli Loyhalar Milliy Agentligi (ILMA) bilan integratsiya:
- ILMA talablariga moslashtirish uchun API sozlamalari
- ILMA orqali sug’urta polislarini to’g’ri yaratish va ro’yxatga olishni ta’minlash
Sinov jarayoni:
- Barcha foydalanuvchi stsenariylarini sinovdan o’tkazish
- Bank, Inson sug’urta kompaniyasi va ILMA tomonida API ishlashini tekshirish
Ish yuki va xatolarni kamaytirish jarayoni:
- Qo’lda ma’lumot kiritishni bartaraf etish
- Ariza jarayonini tezlashtirish
Kelajakdagi imkoniyatlar:
- Yangi mahsulotlar va bank filiallarini ulash imkoniyati
- Kelajakdagi o’zgarishlarga moslashuvchan tizim arxitekturasi
«Issiqlik elektr stansiyalari» AJda SAP S/4HANA tizimini joriy etish bo‘yicha olib borilgan yirik loyiha doirasida sifatni nazorat qilish bo‘yicha kompleks dastur ishlab chiqildi, mijoz tomonida Ekspertiza Markazi barpo etildi va tegishli mutaxassislar uchun malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlari tashkil etildi. Ushbu chora-tadbirlar natijasida tizim korxonaning barcha funksional talablariga to‘liq moslashtirildi va tizimni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash uchun mexanizm yaratildi.
Loyiha davomiyligi: 16 oy
Loyiha bosqichlari:
Sifat nazorati
- Loyiha hujjatlarini audit qilish va rasmiy sharhlar shakllantirish
- Aniqlangan nomuvofiqliklarni birgalikda bartaraf etish
- Kontaktor tomonidan amalga oshirilayotgan yaxshilanishlar va integratsiyalarni monitoring qilish
- Muhim vazifalarni o‘z vaqtida hal qilish uchun samarali eskalatsiya
Ekspertiza Markazini tashkil etish
- Ekspertiza Markazining tashkiliy tuzilishi va funktsional vazifalarini belgilash
- Mijozning texnik mutaxassislarini loyiha faoliyatiga jalb qilish
- Yangi biznes jarayonlariga moslashtirilgan ichki reglamentlar va protseduralarni ishlab chiqish
- SAP tizimi uchun birinchi liniya qo‘llab-quvvatlash guruhini tashkil etishda ko‘maklashish
O‘qitish va rivojlantirish
- Asosiy SAP modullari bo‘yicha xodimlarni o‘qitish rejalarini ishlab chiqish:
- Moliya hisobi (FI)
- Logistika va ta’minot (MM)
- Tizimni boshqarish (BASIS)
- Inson resurslarni boshqarish (HCM)
- Byudjetlashtirish va rejalashtirish (BPC/CO-PA)
- Onlayn kurslar, amaliy misollar va mentorlik orqali o‘qitish
Loyiha natijalari
- SAP Ekspertiza Markazi muvaffaqiyatli ishga tushirildi
- Mijoz jamoasining yuqori darajada ishtiroki ta’minlandi
- Kelajakda kengaytirish uchun tizimning barqarorligi oshirildi
- SAP S/4HANA ni joriy etishdan keyin samarali qo‘llab-quvvatlash uchun barqaror model yaratildi
Veb-ilova asosida yoqilg‘i bo‘yicha hujjatlar almashinuvi, nazorat va analitikani avtomatlashtirish
Amalga oshirish muddati: ~2 yil
Taklif etilgan tizim:
1C bilan API integratsiya:
- Ma’lumotnomalar va harakat hujjatlari ikki tomonlama almashuvi
- Kirim-chiqim orderlari, komplektatsiya aktlari va inventarizatsiya ma’lumotlarini uzatish
- Integratsiyani sozlash uchun Swagger tavsifidan foydalanish
Veb-ilovaning asosiy funksionali:
- YONILG‘I-MOYLASH MATERIALLARI VA MAXSUS SUYUQLIKLAR harakatini hisobga olish
- Kirim va chiqim orderlarini yuritish
- Blankalarni sinovdan o‘tkazish va yuritish bo‘limi
- Foydalanuvchi rollar bo‘yicha ruxsatlarni moslashtirish
Analitika va hisobotlar:
- Turli tanlovlarga ega 10 dan ortiq hisobot turlari
- Aktivlar, harakatlar va farqlanishlar bo‘yicha tezkor hisobotlar
- Xarajat me’yorlarini nazorat qilish va daromadni ta’minlamasdan ortiqcha xarajatlarni bartaraf etish
Ma’lumotlar:
- YONILG‘I-MOYLASH MATERIALLARI, MAXSUS SUYUQLIKLAR, transport vositalari, havo kemalari va boshqalarning cheklanmagan turlari
- Mahalliy hamda 1C dan olingan ma’lumotnomalarni tashkil etish va amalga oshirish
- Ma’lumotnoma modelining moslashuvchan arxitekturasi
Texnik jihatdan amalga oshirish:
- Avtorizatsiyadan o‘tish bilan kiriladigan veb-ilova
- Ortiqcha qoldiqlar, kutayotgan yoqilg‘i va sozlanadigan analitikani ko‘rsatuvchi boshqaruv paneli
- Ichki va tashqi jamoaning hamkorlikdagi ishlanmalari
Sinovdan o‘tkazish:
- Barcha maxsus skriptlarni to‘liq tekshirish
- Hujjat aylanishida xatolarni kamaytirish
- 1C bilan integratsiya orqali qog‘oz hisobini bartaraf etish va operatsiyalarni tezlashtirish
Keyingi amallar:
- Toshkent aeroportida pilot loyiha sifatida ishga tushirish
- Oʻzbekistonning barcha aeroportlariga joriy etish
- Yangi bo‘linmalar, hisobot shakllari va integratsiyalarni qo‘shishga tayyorlik